Qozog‘iston Yevropaga neft yetkazib berishni oshirdi

Olam

image

Qozog‘iston neftini Germaniyaga yetkazib berish hajmi 2025 yil oktyabrida 225 ming tonnani tashkil etdi – bu sentyabr oyiga nisbatan 25 foizga ko‘p. Bu haqda bugun, 4 noyabr kuni “QazTransOyl” (QTO) milliy kompaniyasi  ma’lumotlariga tayanib, “Interfaks-Qozog‘iston” agentligi xabar berdi.

“2025 yil oktyabrida “QazTransOyl” aksiyadorlik jamiyati “Transneft”ning magistral neft quvurlari tizimiga Germaniya yo‘nalishidagi “Adamova zastava” neft qabul nuqtasi orqali 225 ming tonna qozoq neftini jo‘natdi”, deyilgan kompaniya bayonotida.

Qozog‘iston “Drujba” neft quvuri orqali Germaniyaga neft yetkazib berishni 2023 yilda boshlagan. 2024 yil davomida bu yo‘nalish bo‘yicha 1,5 million tonna xomashyo eksport qilingan.

Dastlab “QazMunayGaz” 2025 yilda shunga yaqin hajmni saqlab qolishni rejalashtirgan edi, ammo keyinchalik kompaniya bu ko‘rsatkichni 2 million tonnagacha oshirish niyati borligini ma’lum qildi.

Kompaniya rahbari Asxat Xasenov oktyabr oyida bildirishicha, Qozog‘iston yil yakuniga qadar Germaniyaga 1,7 million tonna neft yetkazib berishni kutmoqda.

Qozog‘iston va Germaniya hukumatlari neft yetkazib berish hajmini oshirish masalasini muloqot yo‘lida muntazam muhokama qilib kelmoqda. Qozog‘iston Energetika vaziri Yerlan Akkenjenov ta’kidlaganidek, “Drujba” neft quvurining texnik salohiyati yiliga 2,5 million tonna neft eksport qilish imkonini beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Qozog'iston neft'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing