O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon Yevropaga “yashil” energiya sotmoqchi 

Jamiyat

image

Bugun, 1 may kuni O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon energetika tizimlarini bir-biriga ulash bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzoladi. Bu haqda "Zakon.kz" xabar berdi.

Qayd etilishicha, hujjatdan maqsad uch davlat energetika tizimlarini o‘zaro bog‘lash loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikning asosiy shartlarini belgilab olishdir.

“Markaziy Osiyo davlatlaridan Ozarbayjon hududi orqali Yevropaga elektr energiyasini eksport qilish uchun Kaspiy dengizi tubi va boshqa hududlarda yuqori voltli kabel yotqizish orqali energiya tizimlarini ulash imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi”, deyiladi xabarda.

Qozog‘iston Energetika vaziri Almasadam Satkaliyevning aytishicha, avvalroq Kaspiy dengizi tubi bo‘ylab chuqur dengiz kabelini yotqizish bo‘yicha texnik shartlar loyihasi ishlab chiqilgan.

"Texnik shartlar doirasida xalqaro uzatish yo‘laklarini rivojlantirish (moliyalashtirish, daromadlar oqimi va egalik qilish) va Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yashil energiyani sotish bo‘yicha biznes modeli ishlab chiqiladi", degan u.

Ozarbayjon Iqtisodiyot vaziri Mikayil Jabborov esa o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida:

"Hujjatni amalga oshirish "yashil" energiya ishlab chiqarish va uni Ozarbayjon hududi orqali Yevropaga eksport qilishni, energetika tizimlarining integratsiyalashuvini nazarda tutadi", deb yozgan.

 Rasmiylarga ko‘ra, bugun ushbu loyihani amalga oshirishning asosiy yondashuvlari muhokama qilinib, kelishuvga erishilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Evropa O'zbekiston Ozarbayjon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing