O‘zbekiston Qozog‘iston fermerlariga suv berishni ko‘paytirdi

Jamiyat

image

Qozog‘iston Respublikasi Turkiston viloyatidagi fermerlar uchun “Do‘stlik” davlatlararo kanalidan chiqariladigan suv hajmi 80 dan 90 metr kub sekundga oshirildi. Joriy yilning 19 iyul kuni Qozog‘iston Respublikasi Ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vaziri Magzum Mirzagaliyev O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev bilan uchrashuvda shunday kelishuvga erishdi.

Qozog‘iston Ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vazirligi Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuv davomida tomonlar Sirdaryoning o‘rta va past sathidagi suv holatini yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni muhokama qilishgan. 

Muzokaralar natijasida “Do‘stlik” kanalidan Turkiston viloyatining Maqtaorol va Yettisoy tumanlari dehqonlari uchun o‘tkaziladigan suv sekundiga 90 metr kubgacha oshirildi. Shuningdek, Chordara suv omborida suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha kelishuvni davom ettirishga ham kelishib olindi.

Bundan tashqari, uchrashuv davomida Qozog‘iston va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasidagi bitim loyihasi joriy yil so‘ngiga qadar tugatilishi reja qilindi.

Ma’lumot uchun, Do‘stlik kanali Sirdaryo viloyati (O‘zbekiston) va Janubiy Qozog‘iston (Qozog‘iston) viloyatidan o‘tgan yirik irrigatsion ob’ekt. Ushbu kanal Sirdaryo daryosidagi "Farhod" gidroelektrstansiyasining tashlama kanalidan boshlanadi. Kanal qurilishi 1907 yilda boshlanib, 1913 yilda tugallangan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston O'zbekiston

Baholaganlar

147

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing