O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasidagi o‘tkazish punkti vaqtincha yopildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasidagi Kazig‘urt nazorat-o‘tkazish punkti bir kunga yopildi. Bu haqda Qozog‘iston Moliya vazirligining davlat daromadlari qo‘mitasi ma’lum qildi.

“2022 yil 6 oktyabr soat 09:00 dan 7 oktyabr soat 09:00 gacha “Qozig‘urt” (Qozog‘iston) va unga tutash “S.Najimov” (O‘zbekiston) o‘tkazish punkti fuqarolar va avtotransport vositalarining o‘tishi uchun yopiladi”, deyiladi qo‘mita xabarida.

Qayd etilishi o‘tkazish punkti “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan har ikki davlatning nazorat-o‘tkazish punktlari o‘rtasidan o‘tuvchi gaz quvurlarini gidravlik sinovdan o‘tkazish munosabati bilan yopiladi.

Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasidagi boshqa nazorat-o‘tkazish punktlari odatdagidek ishlashda davom etadi.

“Biz tashuvchilardan va chegarani kesib o‘tmoqchi bo‘lgan barchadan o‘rnatilgan cheklovlarni hisobga olgan holda o‘z yo‘nalishini oldindan rejalashtirishlarini so‘raymiz”, deya ogohlantirgan qo‘mita.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Qozog'iston

Baholaganlar

731

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing