O‘zbekiston Qozog‘iston bug‘doyining asosiy xaridori bo‘lib qolmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekiston Qozog‘istondan bug‘doy import qilish bo‘yicha yetakchilikni qo‘ldan boy bermayapti. Bu haqda "APK-Inform" xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2023-2024 yillarning sentyabr-fevral oylarida Qozog‘iston O‘zbekistonga 1,6 mln tonna bug‘doy yetkazib bergan. Bu o‘tgan mavsumning shu davriga nisbatan 1,529 mln tonnaga ko‘p, degani.

Joriy yilning fevral oyida eksport hajmi so‘nggi to‘rt oydagi eng yuqori ko‘rsatkichga – qariyb 296 ming tonnaga yetgan. O‘tgan yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston Qozog‘istondan bug‘doy importini besh yil ichida keskin oshirgani aytilgandi. Sakkiz oy yakunlariga ko‘ra, Qozog‘iston bug‘doyining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi 3,88 mln tonnani tashkil etgan. Bu 2022 yilgi ko‘rsatkichning yarmidan ko‘pini tashkil etib, oxirgi besh yilgi g‘alla mavsumi uchun rekord natijadir.

Ma’lumot uchun, 2023 yil mobaynida ham bug‘doyning eng katta hajmi O‘zbekistonga yuborilgan – qariyb 2 mln tonna, o‘sish esa 40 foizga teng bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing