Aliyev O‘zbekiston Qorabog‘da maktab qurayotgani uchun Mirziyoyevga rahmat aytdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Ozarbayjoning o‘tgan yili ozod qilingan Fuzuli tumanida maktab quradi. Bu haqda bugun, 12 noyabr kuni Turkiy tilli davlatlar kengashiga a’zo davlatlar rahbarlarining Istanbul yaqinidagi “Demokratiya va erkinlik” orolida o‘tkazilayotgan VIII sammitida aytib o‘tildi.

Sammitda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev rasmiy Toshkentning Qorabog‘da maktab qurish qarorini olqishlab, minnatdorlik bildirdi.

“Men Shavkat Mirziyoyevga chuqur minnatdorlik bildirmoqchiman. Uning tashabbusi bilan O‘zbekiston Davlat byudjeti mablag‘i evaziga Fuzuli tumanida katta maktab quriladi”, degan Ozarbayjon rahbari.

Ilhom Aliyev shuningdek, maktab loyihasi allaqachon Ozarbayjon tomoniga taqdim etilganini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida O‘zbekiston ishg‘oldan ozod etilgan Qorabog‘da Ozarbayjonga tuhfa sifatida maktab qurishi haqida xabar bergan edik.

Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy kengash sammitida nutq so‘zlab, tuzilmaning tashkilotga aylantirilishining foydalari, Afg‘oniston muammosiga to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek O‘zbekiston rahbari kengash a’zolariga beshta taklif bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

335

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing