O‘zbekiston Qirg‘izistonga harbiy vertolyot sovg‘a qiladi
Jamiyat
−
13 mart 2021
45169O‘zbekiston Qirg‘iziston Mudofaa vazirligiga bir dona vertolyot sovg‘a qiladi. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti Matbuot kotibi Galina Beyterek tomonidan Sadir Japarovning Toshkent shahriga tashrifi yakunlari haqida e’lon qilingan bayonotda ma’lum qilindi, deb xabar berdi “Sputnik” nashri.
“Mudofaa vazirligi orqali o‘zbek tomoni Qirg‘izistonga bitta vertolyotni bepul taqdim etadi va yana bittasini sozlab beradi”, deydi Beyterek, ammo qanaqa vertolyot nazarda tutilyotgani ochiqlanmagan.
Beyterekka ko‘ra, shuningdek, umumiy harbiy qo‘shinlar yunalishida uchuvchi va aloqachi kadrlar tayyorlash masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov 11–12 mart kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ldi.
Tashrif natijasiga ko‘ra, ikki o‘rtada 22 ta hujjat imzolandi va 900 million AQSH dollaridan ziyod bo‘lgan loyihalar amalga oshirishga kelishildi.
Bundan tashqari, Qirg‘iziston O‘zbekistonning anklav hududi — So‘x yo‘lini ochishga, O‘zbekiston esa Unkar-Tooni berishga kelishdi.
LiveBarchasi