O‘zbekiston Qirg‘izistondan olti milliard kub metr suv oldi
Jamiyat
−
30 Oktabr
49562024 yilning yanvar oyidan buyon O‘zbekiston Qirg‘izistondan olti milliard kub metr suv olgan. Bu haqda Qirg‘iziston suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va sanoat vaziri o‘rinbosari Almazbek Sokeyev jurnalistlarga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, suv O‘zbekistonga Norin, So‘x, Oqbo‘yra daryolari va meliorativ kanallar orqali kirgan.
Xuddi shu davr mobaynida Qozog‘iston Qirg‘izistondan 558 million kub metr suv olgan. Ushbu hajmning uchdan ikki qismi Talas viloyatidagi Kirov suv omboridan olingan.
Bildirilishicha, Markaziy Osiyo daryolar havzalaridan suv olish davlatlararo kelishuvlar bilan tartibga solinadi. 2024 yilning mart oyida O‘zbekiston va Qozog‘iston transchegaraviy suv hisoblagichlarini o‘rnatishga kelishib olgan.
Shuningdek, aprel oyida Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryodan suv ajratishga rozilashgan. Bu haqda Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari suv xo‘jaligini muvofiqlashtiruvchi komissiyasining 86-yig‘ilishida kelishuvga erishilgan.
LiveBarchasi