O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston Bosh vazirlari chegara masalasida uchrashadi

Olam

image

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston hukumat rahbarlari ertaga, 8 yanvar kuni uch davlat chegarasi tutashgan joyda umumiy chegaralar bo‘yicha uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi, Prezident Administratsiyasi rahbari Odilbek Qosimaliyev shu yilning 8 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda bilan uchrashadi. Uch tomonlama uchrashuv Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston davlat chegaralari tutashgan nuqtada bo‘lib o‘tadi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, uchrashuv davomida Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari o‘rtasida davlat chegaralari masalalari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarga oid muzokaralar o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil dekabr oyida Tojikiston va Qirg‘iziston hukumati delegatsiyalari to‘liq holda Tojikiston-Qirg‘iziston davlat chegarasining qolgan hududlarini aniqlashni yakunlagan edi. Keyinchalik, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov “Kabar” agentligiga bergan intervyusida Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi chegara masalalari ikki tomonning o‘zaro manfaatlarini hisobga olgan holda hal etilganini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston O'zbekiston chegara Qirg'iziston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing