O‘zbekiston Qirg‘iziston va Qozog‘iston bilan GES qurmoqchi

Jamiyat

image

Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston energetika idoralari rahbarlari Qambarota GES-1 qurilishi bo‘yicha hamkorlikda ish olib borish rejasini imzoladilar. Bu haqda kecha, 6 yanvar kuni Qozog‘iston Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

“6 yanvar kuni Bishkek shahrida Qozog‘iston Respublikasi Energetika vaziri Bolat Akchulakov, Qirg‘iziston Respublikasi Energetika vaziri Taalaybek Ibrayev va O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Qambarota GES-1 qurilishi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni imzoladi”, deyiladi xabarda. 

“Yo‘l xaritasi” doirasida tomonlar loyihani amalga oshirishning asosiy shartlarini va stansiyani o‘z vaqtida ishga tushirish bo‘yicha kutilayotgan chora-tadbirlarni belgilab olgan. 

"Qambarota GES-1 Qirg‘izistondagi eng yirik elektr stansiyaga aylanishi kerak. Bu Markaziy Osiyo mamlakatlarini elektr energiyasi bilan ta’minlaydi va mintaqaning suv ta’minotini barqarorlashtiradi", deya tushuntirdi vazirlik.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 5-6 sentyabr kunlari Qirg‘izistonga tashrifi davomida Prezident Almazbek Atamboyev bilan uchrashib, Toshkent Qambarota GES qurilishida qatnashishga tayyorligini aytgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Qambarota GES

Baholaganlar

1

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar