O‘zbekiston-Qirg‘iziston o‘yinining vaqti o‘zgardi
Sport
−
07 fevral
11267Futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionati saralashining 3-bosqich 7-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston-Qirg‘iziston o‘yinining boshlanish vaqti soat 21:15 ga ko‘chirildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 20 mart kuni belgilangan bahs dastlab soat 18:45 da boshlanishi rejalashtirilgandi, biroq o‘yin birinchi belgilangan vaqtdan 2 yarim soat o‘tib boshlanadigan bo‘ldi.
Qayd etilishicha, Ramazon oyi munosabati bilan muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida shu qarorga kelingan.
Ma’lumot uchun, hozirga kelib O‘zbekiston terma jamoasi “A” guruhida 13 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. 1-o‘rinni egallagan Eron hisobida esa 16 ochko mavjud. 20 mart kuni O‘zbekistonga qarshi maydonga tushadigan Qirg‘iziston esa 3 ochko bilan guruhda 5-o‘rinni band etgan.
Qayd etish joiz, 3-bosqichda guruhlarda 1 va 2-o‘rinni egallagan jamoalar to‘g‘ridan to‘g‘ri mundial yo‘llanmasiga ega chiqadi. 3-o‘rinni egallagan jamoalar 4-bosqichda JCH yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.
LiveBarchasi
20 mart
Temu O‘zbekistonda bloklandi.
20 mart