O‘zbekiston qidirayotgan “Gryaz” Turkiyada qo‘lga olindi
3-sahifa
−
12:37 7281 1 daqiqa
O‘zbekiston hududida jinoiy uyushma yetakchisi sifatida bir qator jinoyatlarni sodir etishda ayblangan “Gryaz” laqabli shaxs Turkiyada qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
1993 yilda tug‘ilgan Yo.M. (laqabi “Gryaz”) O‘zbekiston hududida jinoiy uyushma yetakchisi sifatida bir qator jinoyatlarni sodir etishda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan va Turkiya davlatida tergovdan yashirinib yurgan.
Ushbu shaxs O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 112-moddasi (O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) 2-qismi, 164-moddasi (Bosqinchilik) 4-qismi, 165-moddasi (Tovlamachilik) 3-qismi, 173-moddasi 2-qismi va 242-moddasi (Jinoiy uyushma tashkil etish) 1-qismi bilan ayblanib, 2023 yilda Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan qidiruvga e’lon qilingan edi.
U joriy yilning 5 dekabr kuni O‘zbekistonga qaytarilib, tergov organlariga topshirildi.
Live
Barchasi