O‘zbekiston qaysi davlatlardan elektr import qilishi ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
30 avgust 2021
13720O‘zbekiston Turkmaniston va Tojikistondan elektr energiyasini import qiladi. Afg‘onistonga esa elektr eksport qiladi. Bu haqda bugun, 30 avgust kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi Dadajon Isaqulov matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Qo‘shni Turkmaniston bilan importga ishlaymiz. Hozirda ular yopiq shaklda ishlayapti, avvalari biz bilan paralell ravishda ishlagan. Liniyalar saqlanib qolgan. 512-liniya Salar podstansiyasidan Qorako‘l podstansiyasiga keladi va Shovot podstansiyasiga 40 mVt elektr olamiz”, deydi Isaqulov.
Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston shuningdek Tojikistondan ham elektr import qiladi. Tojikistonda ilgari 507-liniya, Guzar-Regar podstansiyasi bo‘lgan. Hozir u tiklanmoqda va shu yilning noyabr oyida ishga tushirish rejalashtirilmoqda.
Raisning so‘zlariga ko‘ra, elektr olish chegaralangan, faqatgina Surxondaryo viloyati uchun elektr olish imkoniyati mavjud. Chunki Surxondaryo elektrostansiyasi Qashqadaryoga 500 kVt elektr berish imkoniyatiga ega emas.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Afg‘onistonga yoz va qish mavsumida elektr eksport qiladi. Asosiy eksport esa qish mavsumida amalga oshiriladi.
“Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya bilan tarmoq orqali parallel ravishda ishlaymiz. Rossiya ushbu davlatlar energiya tizimidagi chastotani rostlab turadi. Birorta blok o‘chib qolsa, chastotani ushlab qolish juda qiyin shunda barcha stansiyalar avtomatik ravishda tartibga solib turiladi. Shuning uchun, biz ular bilan parallel ravishda ishlaymiz”, deya xabar qildi Isaqulov.
LiveBarchasi