O‘zbekiston qayerdan eng ko‘p shokolad sotib olmoqda?

Jamiyat

image

Yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga Rossiyadan eng ko‘p shokolad va kakao mahsulotlari  import qilindi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2024 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston 35 ta xorijiy davlatdan qiymati 94 mln AQSH dollariga teng 32 ming tonna shokolad va kakao mahsulotlarini import qilgan. Shokolad va kakao mahsulotlari importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,3 ming tonnaga oshgan.

O‘zbekiston 8 oyda eng ko‘p shokolad va kakao mahsulotlarini import qilgan davlatlar:

  • Rossiya – 22,6 ming tonna
  • Polsha – 2,3 ming tonna
  • Niderlandiya  – 1,3 ming tonna
  • Qozog‘iston  – 1,2 ming tonna
  • Turkiya – 655 tonna
  • Germaniya – 320 tonna
  • Fransiya – 154 tonna
  • Italiya – 135 tonna

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda sentyabr oyida eng arzon osh qayerda sotilishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

shokolad kakao

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing