Shveysariyada endi shokolad 3D printeri yordamida ishlab chiqariladi

Olam

image

Syurixda joylashgan "Barry Callebaut" shokolad ishlab chiqaruvchi kompaniyasi mijozlar uchun 3D printerda shokolad ishlab chiqarishni boshladi. Bu haqda "Bloomberg" nashri xabar bermoqda.

Kecha, 14 fevral kuni kompaniya 3D printer yordamida shokoladni ommaviy ishlab chiqarish texnologiyasini o‘zlashtirganlari va yaqin kelajakda uni ishga tushirishga tayyor ekanlarini aytishdi.

"Barry Callebaut" dunyodagi eng yirik shokolad ishlab chiqaruvchilardan biri. Bir necha yillar davomida kompaniya shokolad mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun 3D printerlar bilan tajriba o‘tkazdi. Ammo bunday usulda faqat kichik hajmlardagi mahsulotlarni ishlab chiqarish mumkin bo‘ldi.

"Hozir bu avvalgidek, oddiy va sodda buyum ishlab chiqarish emas. Bu shokolad o‘ziga hos bo‘ladi. Biz endi ommaviy ishlab chiqarishni boshlashimiz mumkin”, deydi "Barry Callebaut" kompaniyasi innovatsiyalar rahbari Pablo Perversi.

"Barry Callebaut"ning birinchi mijozi Gollandiyadagi mehmonxonalar tarmog‘i hisoblangan "Van der Valk" bo‘ladi. Bundan tashqari, kompaniya boshqa korporativ mijozlar bilan shunday shokolad ishlab chiqarish bo‘yicha shartnomalar tuzishni rejalashtirmoqda.

"Barry Callebaut" kelajakda shokolad ishlab chiqaradigan 3D printerlar iste’mol bozorida paydo bo‘lishi mumkinligini va qahva qaynatgichlar singari oddiy maishiy texnika turlariga aylanishini ta’kidladi.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

shokolad 3D printer

Baholaganlar

33

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing