O‘zbekiston Qatar va Quvayt bilan siyosiy muloqotlarni kengaytiradi

Jamiyat

image

13 oktyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahrom A’loyev Quvayt va Qatar davlatlarining mamlakatdagi favqulodda va muxtor elchilari Ahmad al-Jiyron va Hasan Hamza Hoshim bilan uchrashdi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.

Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralarda O‘zbekistonning ushbu davlatlar bilan siyosiy muloqotini kengaytirish masalalari muhokama qilinib, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish, madaniy-gumanitar almashuvlarni faollashtirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Bundan tashqari, bo‘lajak oliy va yuqori darajadagi qo‘shma tadbirlar jadvali va tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning muzokaralaridan so‘ng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing