O‘zbekiston Qatar va Quvayt bilan siyosiy muloqotlarni kengaytiradi
Jamiyat
−
16 Oktabr 2023
245313 oktyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahrom A’loyev Quvayt va Qatar davlatlarining mamlakatdagi favqulodda va muxtor elchilari Ahmad al-Jiyron va Hasan Hamza Hoshim bilan uchrashdi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.
Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralarda O‘zbekistonning ushbu davlatlar bilan siyosiy muloqotini kengaytirish masalalari muhokama qilinib, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish, madaniy-gumanitar almashuvlarni faollashtirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Bundan tashqari, bo‘lajak oliy va yuqori darajadagi qo‘shma tadbirlar jadvali va tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning muzokaralaridan so‘ng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tgandi.
LiveBarchasi