O‘zbekiston Qatar bilan harbiy hamkorlikni oshiradi
Jamiyat
−
09 iyun 2023
5019Bugun, 9 iyun kuni O‘zbekiston Mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov mamlakatga tashrif buyurgan Qatar Bosh vaziri o‘rinbosari – Mudofaa ishlari bo‘yicha davlat vaziri Xolid bin Muhammad al-Atiya rahbarligidagi delegatsiyani qabul qildi. Ikki davlat o‘rtasida xavfsizlik va mudofaa sohasidagi hamkorlikning bugungi holati muhokama qilinib, harbiy sohadagi hamkorlikni davom ettirish istiqbollari haqida fikr almashildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, dastlab mehmonlarni faxriy qorovul ishtirokida rasmiy kutib olish tadbiri bo‘lib o‘tgan, harbiy orkestr tomonidan ikki davlat madhiyasi ijro etilgan.
Mudofaa vazirligi markaziy apparatida o‘tkazilgan ikki tomonlama hamkorlik uchrashuvida Bahodir Qurbonov qatarlik hamkasbini O‘zbekistonga uyushtirgan tashrifi bilan qutlab, so‘nggi yillarda ikki davlat o‘rtasida o‘rnatilgan do‘stona munosabatlar yangi tarixiy bosqichga ko‘tarilganini ta’kidlagan.
Uchrashuv davomida vazirlar xalqaro siyosat va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari, xavfsizlik va mudofaa sohasidagi hamkorlikning bugungi holati, uning rivojlanish istiqbollarini muhokama qilgan. Shuningdek, ikki davlat Mudofaa vazirlari harbiy sohada kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan masalalar borasida hamkorlikni davom ettirishning istiqbolli yo‘nalishlari haqida fikr almashgan.
Keyinchalik, Xolid bin Muhammad al-Atiya Bahodir Qurbonov hamrohligida Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida joylashgan harbiy xizmatchilar uchun qulay va pishiq ust-boshlarga materiallar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalardan birini ko‘zdan kechirgan. Shundan so‘ng, mehmonlar Mudofaa vazirligining Zirhli tank texnikalarini ta’mirlash zavodiga borgan.
LiveBarchasi