O‘zbekiston Italiya bilan nimalarga kelishib oldi?

Jamiyat

image

Bugun, 29 may kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorjiya Meloni Strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ular huzurida tashrif doirasida imzolangan, jumladan:

  • investitsiyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish to‘g‘risida;
  • strategik ahamiyatga ega xomashyo sohasida hamkorlik to‘g‘risida;
  • migratsiya va harakatlanish erkinligi sohasida hamkorlik to‘g‘risida;
  • barqaror rivojlanish va atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek, madaniy merosni saqlash sohalarida hamkorlik to‘g‘risida;
  • Iqlim jamg‘armasi va Italiya qishloq xo‘jaligi konfederatsiyasi bilan hamkorlik, "Sogesid" va "Ansaldo" kompaniyalari bilan "yashil" rivojlanish sohasida hamkorlik to‘g‘risida;
  • Tushia, Piza va Turin universitetlari bilan sheriklik to‘g‘risidagi ikki tomonlama bitimlarni almashish marosimi ham o‘tkazildi.

Shuningdek, rasmiy tashrif doirasida Italiya Milliy tadqiqotlar markazi, "SIMEST" va "Danieli" kompaniyalari, Peruja universiteti hamda boshqa tashkilotlar bilan qator hujjatlar imzolandi.

Eslatib o‘tamiz, Jorjiya Meloni kecha, 28 may kuni rasmiy tashrif bilan Samarqandga kelgandi. Samarqand xalqaro aeroportida Bosh vazirni shaxsan Prezident Mirziyoyev kutib olgan. Shundan so‘ng yetakchilar Registon maydoni va “ Silk Road Samarkand” xalqaro turizm markazidagi “Boqiy shahar” tarixiy-etnografik bog‘ida bo‘ldi. Qolaversa, Samarqand shahrida bugun, 29 may kuni Jorjiya Melonini rasmiy kutib olish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

Ertaga, 30 may kuni esa Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari va Italiya Bosh vaziri Jorjiya Meloni ishtirokidagi birinchi sammit bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Italiya Jorjiya Meloni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing