O‘zbekiston Isroil bilan aviaqatnovlarni tikladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

“Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar qayta tiklandi. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent qatnovi O‘zbekiston va Isroilda epidemiologik vaziyat yaxshilanishi bilan bir qatorda rejali qayta tiklanishni hisobga olgan holda qayta tiklangan. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha parvoz joriy yilning 24 may kuni amalga oshirilgan. 

Muntazam aviaqatnov haftada bir marta, dushanba kuni amalga oshiriladi. Xorijiy fuqarolarga Isroilga kirish va tranzit maqsadida foydalanish taqiqlandi. Ushbu ro‘yxat Isroil fuqarolari va rezidentlari, aholi va immigratsiya boshqarmasi tomonidan berilgan ruxsatnomaga ega yo‘lovchilarni o‘z ichiga olmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Isroil

Baholaganlar

85

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing