O‘zbekiston ishchilarni kasbiy xavf-xatardan himoyalash to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shiladi

Jamiyat

image

“Xalqaro mehnat tashkilotining ishchilarni ish joyida havo ifloslanishi, shovqin va tebranish tufayli vujudga keladigan kasbiy xavf-xatardan himoyalash to‘g‘risidagi 148-son Konvensiyasini (Jeneva, 1977 yil 20 iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

XMTning 148-sonli Konvensiyasi 1977 yil 1 iyunda Xalqaro Mehnat Tashkiloti Bosh konferensiyasining 63-sessiyasida qabul qilingan va 1977 yil 20 iyunda kuchga kirgan. XMTning 148-sonli Konvensiya muqaddima va 24 ta moddadan iborat. Konvensiya matnining asli ingliz va fransuz tillarida qabul qilingan.

XMTning 148-sonli Konvensiyasi ratifikatsiya qilinishi:

•    milliy qonunchilikni yanada takomillashtirishga, xususan Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) hujjatlarida belgilangan, ish joyida havo ifloslanishi, shovqin va tebranish tufayli vujudga keladigan kasbiy xavf-xatarlarni oldini olish, aniqlash va bartaraf etish borasidagi xalqaro standartlarni samarali joriy etishga xizmat qiladi;

•    xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan munosabatlarda O‘zbekistonning ijobiy imijini shakllantirishga yordam beradi;

•    Birlashgan millatlar tashkilotining konvensiyalarini nazorat qilish organlari, Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalari va tavsiyalarini qo‘llash bo‘yicha ekspertlar qo‘mitasi hamda Xalqaro mehnat tashkilotining boshqa tuzilmalari tomonidan respublikaga nisbatan tanqidiy fikrlar bildirilmasligiga sabab bo‘ladi;

•    O‘zbekiston Respublikasining kelgusida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, shu jumladan Jahon savdo tashkilotiga integratsiyalashuvi uchun sharoit yaratilishi hamda Preferensiyalar umumiy (bosh) tizimi doirasida Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirilishini ta’minlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

XMT

Baholaganlar

55

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing