O‘zbekiston investitsiyaviy salohiyatini izchil oshirib bormoqda – Saida Mirziyoyeva
Jamiyat
−
17 iyun 1955 1 daqiqa
O‘zbekiston o‘zining investitsiyaviy salohiyatini izchil oshirib bormoqda. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida yozdi.
Uning bildirishicha, bu yilgi Toshkent investitsiya forumi dunyoning 100 ta mamlakatidan 4000 dan ziyod ishtirokchini o‘zida jamlagan. Anjuman dasturi g‘oyat sermazmun bo‘lib, undan dolzarb global iqtisodiy masalalar muhokamasi, turli davlatlar hukumatlari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari, investorlar va ekspertlar bilan uchrashuvlar o‘rin olgan.

“Forum doirasida Prezidentimiz mamlakatimiz iqtisodiyoti o‘sishini ta’minlaydigan oltita ustuvor yo‘nalishni belgilab berdilar. Bular qatorida kapital bozorini rivojlantirish, "yashil" iqtisodiyot, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish hamda investorlarning huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish masalalari bor”, deydi Saida Mirziyoyeva.

Prezident Administratsiyasi rahbariga ko‘ra, O‘zbekiston o‘zining investitsiyaviy salohiyatini izchil oshirib bormoqda: so‘nggi besh yilda mamlakatga 123 milliard dollar sarmoya jalb etilgan. Endigi asosiy vazifa – erishilgan barcha kelishuvlarni iqtisodiyot, biznes va jamiyat farovonligiga xizmat qiladigan real loyihalarga aylantirishdan iborat.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Toshkent investitsiya forumi doirasida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin, AQSH Eksimbanki prezidenti Jon Yovanovich hamda Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi bosh ijrochi direktori Ben Blek bilan uchrashgan edi.
Live
Barchasi