Saida Mirziyoyeva AQSH Eksimbanki prezidenti bilan uchrashdi
Jamiyat
−
09:41 1206 1 daqiqa
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toshkent investitsiya forumi doirasida AQSH Eksimbanki prezidenti Jon Yovanovich hamda Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi bosh ijrochi direktori Ben Blek bilan sanoat va moliya sohasidagi loyihalarni kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Unda qo‘shma investitsiya platformasini rivojlantirish mavzusiga alohida e’tibor qaratilgan.
Navbatdagi Toshkent investitsiya forumi O‘zbekistonning xorijiy hamkorlari bilan amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha rejalarni o‘zaro muvofiqlashtirib olish uchun qulay imkoniyat ekani qayd etilgan.
“Amerikalik hamkorlar o‘zaro manfaatli biznes imkoniyatlaridan tashqari, O‘zbekistonning boy tarixi va madaniyatini ham katta qiziqish hamda hayrat bilan kashf etayotgani quvonarli holdir”, deya yozgan Mirziyoyeva.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent xalqaro investitsiya forumi tadbirlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSH Eksimbanki prezidenti va raisi Jon Yovanovich hamda Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi bosh ijrochi direktori Ben Blek bilan uchrashuv o‘tkazgandi.
Live
Barchasi