O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha reytingda yuqoriladi

Olam

image

“Ookla” kompaniyasining Speedtest.net servisi joriy yil noyabr oyi natijalariga ko‘ra, yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Internet tezligi bo‘yicha bir oyda ikki pog‘onaga ko‘tarilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston umumiy reytingda 176 ta davlat qatoridan 94 pog‘onaga ko‘tarilib, internet tezligi 32,39 Mbit/sekundni tashkil etgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bir yil avval O‘zbekiston jahonda internet tezligi bo‘yicha 112-o‘rinni egallagan, tezlik esa,19,91 Mbit/sekundni tashkil etgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, bir yil ichida internet tezligi 10 Mbit/sekunddan yuqori ko‘rsatgichlarga o‘sib, respublika reytingda 18 pog‘ona yuqorilagan.

Ma’lumot uchun, Speedtest.net Internet tezligini tekshirish uchun umumjahon internet foydalanuvchilar tomonidan ishlatiladi. Portal fydalanuvchilar tomonidan berilgan ma’lumotlar asosida tahlil olib boradi va doimiy ravishda reyting tayyorlab, e’lon qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda operator va provayderlarga internet xizmatlari uchun tarif o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 36,1 foizga arzonlashtirilgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Internet

Baholaganlar

406

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing