O‘zbekiston ikki muhim xalqaro shartnomaga qo‘shildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) doirasidagi ikki shartnomaga qo‘shildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

1996-yil 20-dekabrda Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) doirasida qabul qilingan Ijrolar va fonogrammalar bo‘yicha shartnoma hamda Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi shartnoma bugun, 17 iyuldan O‘zbekiston uchun ham kuchga kirdi.

Hozirgi paytda 101 mamlakat va Yevropa Ittifoqi BIMTning mazkur ikki shartnomasi ishtirokchisi hisoblanadi.

Ushbu shartnomalar “Internet sohasida BIMT shartnomalari” nomi bilan ham mashhur bo‘lib raqamli muhitda mualliflik huquqi va aralash huquqlar himoyasining asosiy mezonlarini belgilaydi.

“Internet sohasida BIMT shartnomalari” mualliflik-huquqiy kontentni interkativ tarzda yetkazish,  mualliflik-huquqiy himoyani cheklash va ijodiy mahsulotlarni tarqatish va foydalanishga imkon beruvchi texnologiyalarga ko‘maklashish kabi sohalarda yangi texnologik nuqtayi nazardan muvofiqlashgan himoya tizimiga zamin yaratgan.


Maqola muallifi

Teglar

intellektual mulk

Baholaganlar

13

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing