O‘zbekiston Iqtisodiy erkinlik indeksida ko‘tarildi
Jamiyat
−
04 mart 2021 3029 1 daqiqa
“Heritage Foundation” tadqiqot markazi tomonidan “Wall Street Journal” bilan hamkorlikda Iqtisodiy erkinlik indeksi-2021 yilgi hisoboti e’lon qilindi.
“Iqtisodiy erkinlik indeksi - 2021” hisoboti 2019 yilning 1 iyulidan 2020 yilning 1 iyuligacha bo‘lgan davrga oid ma’lumotlar bazasidan kelib chiqqan holda ko‘rib chiqilgan.
O‘zbekiston Respublikasi 2021 yilgi hisobotda 186 ta mamlakatlar orasida 58,3 ball (so‘nggi hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston reytingi +1,1 ballga yaxshilandi) bilan 108-o‘rinni egallab, 6 ta pog‘onaga ko‘tarilgan, shu bilan birga oxirgi to‘rt yilda 44 ta o‘rin (152-o‘rindan 108-o‘ringa) yuqorilagan.

Iqtisodiy erkinlik indeksi tarkibidagi indikatorlar o‘zgarishi:
Indeksning oxirgi hisobotiga ko‘ra O‘zbekiston 12 ta indikatorning 7 tasida ijobiy o‘zgarishlarni qayd etgan, shu bilan 3 ta indikatorda pasaygan va 2 tasi bo‘yicha ko‘rsatkichlar o‘zgarmagan. O‘zbekiston Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi 40 ta mamlakat orasida 21-o‘rinni egalladi.
Dunyo reytingining eng yuqori 3 ta pog‘onasida Singapur (89,7 ball), Yangi Zelandiya (83,9 ball) hamda Avstraliya (82,4 ball) egallagan bo‘lsa, eng quyi o‘rinlarda Kuba (28,1 ball), Venesuela (24,7 ball) va Shimoliy Koreya (5,2 ball) joylashgan.