“The Heritage Foundation”: O‘zbekiston iqtisodi erkin bo‘lmagan davlatlar qatorida qoldi
Jamiyat
−
18 mart 2020
7384Amerika Qo‘shma Shtatlarining “The Heritage Foundation” tashkiloti tomonidan yuritiladigan “Iqtisodiy erkinlik” indeksining 2020 yil uchun hisobotida O‘zbekiston 57,2 ball bilan 114-o‘rinni egalladi (2019 yilda 53,3 ball bilan 140-o‘rin).
Moliya vazirligining ta’kidlashicha, mazkur indeks xorijiy investorlar tomonidan doimiy ravishda kuzatib boriladi va O‘zbekistonning indeksdagi o‘rni yuqorilashi tadbirkorlik muhitiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsialar oqimini oshishiga xizmat qiladi.
“Iqtisodiy erkinlik” indeksi to‘rtta asosiy yo‘nalish bo‘yicha 12 ta tarkibiy ko‘rsatkichdan tashkil topgan bo‘lib, Mulkchilik huquqi, Sud faoliyati samaradorligi, Davlatning yaxlitligi, Soliq yuki, Davlat xarajatlari, Fiskal salomatlik, Biznes erkinligi, Mehnat bozori erkinligi, Monetar erkinlik, Savdo erkinligi, Investitsiyalar erkinligi va Moliyaviy erkinlik kabi sohalarda jahon mamlakatlarini 0 dan (eng past) 100 gacha (eng yuqori) bo‘lgan shkalada baholaydi.
O‘zbekiston mazkur indeksning quyidagi tarkibiy ko‘rsatkichlarida eng yuqori o‘sishga erishdi:
Investitsiyalar erkinligi – 20,0 ball (+10 ball);
Moliyaviy erkinlik – 20,0 ball (+10 ball);
Mulkchilik huquqi – 59,1 ball (+9,3 ball).
“Iqtisodiy erkinlik” indeksining tarkibiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha O‘zbekistonning natijalari quyidagi jadvalda keltirilgan:
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi o‘tgan yilga nisbatan 26 pog‘onaga yuqorilab, MDHga a’zo mamlakatlar orasida eng jadal o‘sishni qayd etdi. Biroq hamon iqtisodi asosan mustaqil bo‘lmagan davlatlar qatorida qoldi. Indeksda eng yuqori o‘rinlarni Singapur (1-o‘rin), Gonkong (2-o‘rin), Yangi Zelandiya (3-o‘rin), Avstraliya (4-o‘rin), Shveysariya (5-o‘rin), Irlandiya (6-o‘rin) egalladi. Ayni shu davlatlar iqtisodiy erkin davlatlar qatoridan joy olgan.
MDHga a’zo davlatlardan Qozog‘iston (39-o‘rin), Ozarbayjon (44-o‘rin), Qirg‘iziston (81-o‘rin), Moldova (87-o‘rin), Belarus (88-o‘rin), Rossiya (94-g‘o‘rin) iqtisodiy nisbatan mustaqil davlatlar qatoridan joy olgan. Tojikiston 155-o‘rinni egallab, O‘zbekiston kabi iqtisodi asosan mustaqil bo‘lmagan davlatlar qatorida turibdi. Turkmaniston esa 170-o‘rinni egallab, iqtisodiy butunlay "bo‘g‘ib" qo‘yilgan davlatlar qatorida qolgan. Armaniston esa 34-o‘rinni egallab, iqtisodiy asosan mustaqil bo‘lgan davlat sifatida e’tirof etilgan.
Ma’lumot uchun, “The Heritage Foundation” nufuzli iqtisodiy tahlil markazi tomonidan 180 ta davlatning “Iqtisodiy erkinlik” indeksi 1995 yildan buyon tahlil qilinadi.
LiveBarchasi