O‘zbekiston iqtisodining 2020 yildagi o‘sish sur’ati taxmin qilindi

Olam

image

Joriy yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti (YAIM) 5,5 foizga, 2020 yilda esa 5,8 foizga o‘sishi taxmin qilinyapti. Bu haqda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining “Mintaqaviy iqtisodiy istiqbollar” hisobotida aytilgan.

Yangi hisobotda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sish sur’ati may oyidagi taxminlarga qaraganda mos ravishda 0,5 va 0,6 foiz ko‘proq bo‘lishi belgilangan.

Bank ekspertlarining fikricha, O‘zbekiston iqtisodining o‘sishi birinchi navbatda sanoat va qurilish sohasining rivojlanishi hisobiga ta’minlanadi.

Hisobotda O‘zbekistonda joriy yilning 8 oyida dollardagi eksport (45 foiz) va import (33 foiz) operatsiyalari ko‘paygani ta’kidlandi. Bu savdoning liberallashuvi va mintaqaviy integratsiya jarayonida o‘sish bo‘layotganini ko‘rsatadi.

Shuningdek, joriy yilning 3 choragi davomida o‘tgan yilning analogik davriga nisbatan kreditlash 60 foizga o‘sgani ko‘rsatilgan.

Inflyatsiya darajasi ham dastlabki 3 chorak davoida 14,1 foizgacha sekinlashdi. O‘tgan yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 18,2 foiz bo‘lgan.

YeTTB investitsiya kiritgan mamlakatlarning o‘rtacha iqtisodiy o‘sish sur’ati 2019 yilda 2,4 foizgacha tushadi. (2018 yilda 3,4 foiz). 2020 yilda esa bu ko‘rsatkich 2,9 foizgacha ko‘tarilishi taxmin qilinyapti. Bu may oyidagi taxminlarga (3 foiz bo‘lgan) qaraganda biroz past. 2017 yildagi 3,8 foizlik o‘sish sur’atidan esa achayin past.


Maqola muallifi

Teglar

iqtisodiyot YaIM ETTB

Baholaganlar

35

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing