O‘zbekiston IBA reytingida 2-o‘rinni egalladi

Sport

image

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) boks jamoalarining yangilangan reytingini e’lon qildi. Reytingda O‘zbekiston jamoasi 37 600 ochko bilan 2-o‘rinni band etdi.

Umumiy 135 mamlakat kiritilgan reytingda Qozog‘iston boks jamoasi 48 100 ochko bilan karvonboshilik qilmoqda. Kuchli beshlikdan Hindiston, AQSH va Turkiya jamoalari joy olgan.

Ma’lumot uchun, IBA reytingini tuzishda 17 ta vazn toifasidagi (ayollar va erkaklar) bokschilarning ko‘rsatkichlari umumlashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi boksni 2026 yilgi Olimpiada dasturiga haligacha kiritgani yo‘q. Bunga sabab Xalqaro boks assotsiatsiyasining "Gazprom" kompaniyasi bilan yangi homiylik shartnomasini imzolagani bo‘lmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Boks IBA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing