O‘zbekiston Germaniyaga afg‘on qochqinlari orqali shart qo‘ymoqda
Jamiyat
−
17 iyun
37085Joriy yilning may oyi oxirida Germaniya rasmiy delegatsiyasi Ichki ishlar vaziri Nensi Fezer topshirig‘i bilan migratsiya va deportatsiya shartnomasini muhokama qilish uchun Toshkentga kelgan. Bu haqda "Bloomberg" xabar berdi.
Agentlikning ma’lum qilishicha, boshpana berilmagan va Germaniyadan deportatsiya qilingan cheklangan miqdordagi afg‘onlar O‘zbekistonga yuborilishi rejalashtirilmoqda. Toshkent esa ularni qo‘shni Afg‘onistonga jo‘natishi kerak bo‘ladi.
Bu qochqinlar, Germaniya hukumati tomonidan 2021 yil avgust oyi o‘rtalarida Afg‘onistondagi siyosiy inqiroz paytida xalqaro qo‘shinlar olib chiqib ketilgani va “Tolibon” hokimiyatni egallab olganidan keyin afg‘onlar uchun ishlab chiqilgan maxsus migratsion dastur orqali Germaniyaga olib kelingan.
Aniqlik kiritilishicha, Qobulga parvozlar xususiy aviakompaniya tomonidan amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Bu Germaniyaga “Tolibon” bilan muzokaralardan qochish imkonini beradi. Germaniyaning muloqotdan qochishiga sabab, rasmiy Berlin Afg‘onistonda hokimiyat tepasida bo‘lgan “Tolibon” muvaqqat Hukumatini tan olmaydi. Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok 2022 yilda Pokistonga tashrifi chog‘ida xalqaro hamjamiyatni “Tolibon”ni o‘zgartirishga chaqirib, “dahshatli” sharoitlar ostida inson huquqlari buzilar ekan, Germaniya Tolibonni Afg‘onistonning qonuniy egasi sifatida tan olmasligini aytgandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston rasmiylari Germaniyaning taklifini o‘rganmoqda. Biroq bu masalada vositachi sifatida rasmiy Toshkentning o‘z shartlari mavjud. Ular kelishuvga malakali ishchilarning O‘zbekistondan Germaniyaga qonuniy migratsiyasiga ruxsat beruvchi ikki tomonlama tizim yo‘lga qo‘yilishini istaydi.
LiveBarchasi