O‘zbekiston “Gazprom” bilan gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar uchun muzokaralar boshladi
Jamiyat
−
09 Oktabr 2023
6262Ayni paytda O‘zbekiston “Gazprom” bilan gaz yetkazib berish bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli shartnomalar bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ma’lum qildi.
“Hozirda O‘zbekiston vakillari “Gazprom” bilan respublikaga gaz yetkazib berish bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli shartnomalar bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda”, deqdi vazir “O‘zbekiston-24” telekanaliga bergan intervyusida.
Joriy yilning iyun oyida O‘zbekiston “Gazprom” bilan ikki yillik gaz sotib olish shartnomasini tuzdi, yetkazib berishning sutkalik hajmi 9 million kub metrni, yillik hajmi esa deyarli 2,8 milliard kub metrni tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 oktyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Qosim-Jomart To‘qayev Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga Rossiya gazini yetkazib berishga start berdi.