O‘zbekiston Gambiya bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston G‘arbiy Afrikadagi Gambiya davlati bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi. Shu haqdagi tegishli Qo‘shma kommyunike 14 mart kuni AQSHning Nyu-York shahrida imzolandi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Ikki davlat hukumatlari nomidan hujjatni O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Gambiyaning BMTdagi doimiy vakili Lamine Dibba imzolagan.

Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan idoralari doirasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdorlik bildirgan. Ikki tomonlama hamkorlikning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini topish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni faollashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishilgan.

Shu tariqa, Gambiya O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 148-davlat bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 6 mart kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston va Markaziy Amerikada joylashgan Beliz davlati o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzolangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Gambiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing