O‘zbekiston futboli jadal rivojlanmoqda – MYU sobiq futbolchisi
Sport
−
11 dekabr 5824 1 daqiqa
“Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” klublarining sobiq futbolchisi, hozirda Bryanskning “Dinamo” klubi bosh murabbiyi bo‘lib ishlayotgan Andrey Kanchelskis O‘zbekistonda futbol rivojlanayotganini va Rossiya hamda Yevropa jamoalari o‘zbekistonlik futbolchilarga e’tibor qaratishi kerakligini ta’kidladi.
“O‘zbekistonda futbol jadal rivojlanmoqda. Ularning terma jamoasi Jahon chempionatiga tasodifan chiqmadi. Bizning klublar Osiyodan kelgan futbolchilarga e’tibor qaratishi kerak. Bu juda ko‘p iqtidorlarga ega yaqin va do‘stona mintaqa”, deydi Kanchelskis “Euro-football”ga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati qur’asida Portugaliya va Kolumbiya bilan birga “K” guruhdan joy oldi. Ushbu guruhdagi yana bir ishtirokchi pley-off g‘olibi (DR Kongo, Yamayka yoki Yangi Kaledoniya) bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq rossiyalik teleboshlovchi va sport sharhlovchisi Denis Kazanskiy Jahon chempionati qur’a tashlash marosimidan so‘ng O‘zbekiston milliy terma jamoasi Portugaliyaga qarshi munosib qarshilik ko‘rsata olishi mumkinligini ta’kidlagan edi.