O‘zbekiston futbol bo‘yicha ikki Osiyo kubogiga mezbonlik qilishi mumkin

Sport

image

O‘zbekiston 2020 yili 19 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogiga va 2022 yili ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogiga mezbonlik qilishi mumkin.

Bu haqda rasman QALAMPIR.UZ muxbiriga O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov ma’lum qildi.

Avvalroq xabar qilganimizdek, Fransiya poytaxti Parij shahrida FIFAning 69-kongressi bo‘lib o‘tdi. Kongressda tashkilotga a’zo  211ta mamlakatlar futbol assotsiatsiyalari rahbarlari qatorida O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov ham ishtirok etdi.
 
Kongress davomida Ahmadjonov OFK prezidenti Shayx Solmon Ibrohim bin Halifa bilan uchrashdi va ikki nufuzli musobaqani O‘zbekistonda tashkil etish borasida muzokaralar olib bordi.

Ahmadjonovning QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qilishicha, Shayx Solmon ham bu taklifni ijobiy qabul qilgan va shu ikki musobaqaning kamida bittasi O‘zbekistonda o‘tkazilishini kutish mumkin. Bu borada OFKning yakuniy qarori tashkilotning keyingi yig‘ilishlarida e’lon qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'FA Umid Ahmadjonov OFK

Baholaganlar

22

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing