O‘zbekiston fuqarosini Portugaliyada pichoqlab o‘ldirishdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mamlakatning Madrid shahridagi elchixonasi bergan ma’lumotlarga tayanib, 2019 yilning 1 iyun kuni Leyriya provinsiyasida (Portugaliya) pichoq bilan yetkazilgan jarohat natijasida 1983 yil 21 fevralda tug‘ilgan, Samarqand shahrida ro‘yxatga qo‘yilgan O‘zbekiston fuqarosi Ikrom Islomovich Negmatov vafot etganini ma’lum qildi.

Hozirgi paytda huquqni muhofaza qilish organlari tergov tadbirlarini olib bormoqda va marhumning qarindoshlari O‘zbekiston fuqarosining jasadini Samarqand shahrida dafn etish maqsadida jo‘natish uchun hujjatlarni tayyorlashmoqda.

Elchixona vaziyatni nazoratga olgan va zarurat tug‘ilganda konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatadi.

Konsullik-huquqiy departamenti marhum O‘zbekiston fuqarosining oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etgan hamda Ispaniya va Portugaliyada bo‘lib turgan vatandoshlarga zarurat tug‘ilgan holatlarda Madrid shahridagi mamlakat elchixonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini ma’lum qildi: +34-91-310-16-39.


Maqola muallifi

Teglar

TIV Portugaliya

Baholaganlar

49

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing