Tezkor: Ilk bor O‘zbekiston fuqarosida “omicron” virusi aniqlandi

Olam

image

Janubiy Afrika davlatlarida paydo bo‘lib, dunyo bo‘ylab “sayohatini boshlagan” koronavirusning yangi “omicron” shtammi Janubiy Koreyada ham aniqlandi. Bu haqda “The Korea times” Koreyaning kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish agentligiga tayanib xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 24 noyabr kuni Nigeriyadan Janubiy Koreyaga qaytgan juftlikda “omicron” aniqlangan. Oradan bir necha kun o‘tib, ularni aeroportdan uyiga olib borib qo‘ygan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan tanishida ham virus tasdiqlangan.

Xabarga ko‘ra, Nigeriyadan qaytgan er-xotin shifokorlarni aeroportdan maxsus taksida qaytdik deb aldagan. Natijada ular bilan yaqin aloqada bo‘lgan o‘zbekistonlikni aniqlay olmagan va u karantinga olinmagan.

Keyin juftlikning farzandi va ular bilan aloqada bo‘lgan boshqalarda ham “omicron” aniqlangan.

Mutaxassislar Nigeriyadan qaytgan er-xotin, O‘zbekiston fuqarosi va ularning oila a’zolari jami 270 kishi bilan aloqada bo‘lgan deb taxmin qilmoqda. Xususan, o‘zbekistonlik erkakning turmush o‘rtog‘i va qaynonasida ham virus aniqlangan.

Bundan tashqari, koronavirus aniqlangan o‘zbekistonlik virus tasdiqlanishidan bir kun oldin Inchxondagi diniy muassasaga borgani aniqlangan. U yerda 400 dan ortiq chet elliklar bo‘lgan.

Shu bilan Kyongido ham Nigeriyadan qaytgan ikki ayolda koronavirusning “omicron” shtammi qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya omikron

Baholaganlar

4254

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing