O‘zbekiston Fransiyaga Rossiya orqali uran yetkazib beradi

Jamiyat

image

O‘zbekiston bir yil davomida Fransiyaga uran yetkazib berish uchun Qozog‘iston kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. Tegishli shartnoma O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi saytiga joylashtirildi.

Qayd etilishicha, Qozog‘iston kompaniyasi 500 konteyner uran konsentratini Sankt-Peterburg orqali Fransiyaga yetkazib beradi. O‘zbekistonning “Navoiyuran” davlat korxonasi bu uchun Qozog‘istonning TOO Logistic Centre kompaniyasiga 9 million yevro to‘laydi. Uran Fransiya janubidagi Malvezi kommunasiga yetkazib beriladi.

Tarif bo‘sh konteynerlarni Fransiyaning Marsel shahriga qaytarish narxini o‘z ichiga oladi. Tashish Sankt-Peterburg portidan yuk jo‘natilgan kundan boshlab 15 kun mobaynida amalga oshirilishi lozim.

Shartnoma uchun dastlabki narx 11 million yevroni tashkil etgan. Keyinchalik mazkur summa kamaytirilgan. Uran 2026 yilning birinchi choragi oxirigacha tashiladi. “Navoiyuran” hozirda “Converdin Enterprise” (AQSH) va “Cameco Corporation” (Kanada) qayta ishlash korxonalariga uran tashish bo‘yicha pudratchi qidirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11-13 mart kunlari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga davlat tashrifi davomida Orano va “Navoiyuran” o‘zlarining Nurlikum Mining qo‘shma korxonasining Janubiy Jengeldi uran qazib olish loyihasini rivojlantirish uchun asos yaratadigan kelishuvni e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya O'zbekiston uran

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing