O‘zbekiston fevralda 8 tonna oltin sotib olgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Jahon oltin kengashi O‘zbekiston Markaziy banki fevral oyida 8 tonna oltin sotib olganini qayd etdi. Bu haqda tashkilot veb-saytida xabar berildi

Ma’lum qilinishicha, global oltin zaxiralari xaridi fevral oyida 52 tonnaga ko‘tarilgan (Ma’lumotda Rossiya hisobga olinmagan) va ketma-ket o‘n birinchi oy o‘sishda davom etmoqda.

Xitoy Xalq banki bir oy davomida oltin zaxiralari 25 tonnaga oshganini ma’lum qilgan bo‘lsa, Turkiya Markaziy banki ham so‘nggi xaridlarni 22 million tonnadan oshirgan. O‘zbekiston Markaziy banki (8 tonna), Singapur (7 tonna) va Hindiston zaxira banki (3 tonna) ko‘proq oltin sotib olgan. Qozog‘iston Milliy banki oy davomida yagona sotuvchi bo‘lib, uning rasmiy oltin zaxiralari 13 tonnaga kamaygan.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank O‘zbekistonning rasmiy xalqaro zaxiralari yillik hisobda 3 milliard dollardan ortiqroqqa kamayib, 1 mart holatiga ko‘ra, 33,96 milliard dollarni tashkil etgani haqida xabar bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

oltin O'zbekiston Markaziy banki

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing