O‘zbekiston faqat foyda ko‘radi – Putin YeOIIga a’zolik haqida
Olam
−
29 may
11131O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishi barcha uchun o‘zaro manfaatli bo‘lishi mumkin, ammo bu Toshkentning suveren tanlovi bo‘lishi kerak. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin joriy yilning 26-28 may kunlari O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifini yakunlash chog‘ida jurnalistlarga ma’lum qildi.
“Bizda iqtisodiy rivojlanishning turli darajalari, moliya tizimining rivojlanish darajasi har xil va u yoki bu hukumat muayyan integratsiya birlashmalarida ishtirok etish yoki qatnashmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilganda, ular birinchi navbatda shundan kelib chiqadi”, deydi Rossiya Prezidenti.
Uning qayd etishicha, O‘zbekistonning YeOIIga a’zo bo‘lishidan nafaqat tashkilot, balki mamlakatning o‘zi ham foyda ko‘radi.
“Agar O‘zbekistondek iqtisod qo‘shilsa, tashkilot bundan faqat foyda ko‘radi, deb o‘ylayman. O‘zbekiston iqtisodiyotiga ham foyda kerak. Ishtirok etish yoki qatnashmaslik har qanday suveren davlatning tanlovidir”, deydi Rossiya rahbari.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2022 yilning 11 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etgan Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi onlayn sammitida Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi maqomini olgan edi.
Mirziyoyev 2020 yil 29 dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi maqomini olganini urg‘ulab, ushbu tashkilotga a’zo bo‘lgan davlatlar bozorlarida to‘laqonli ishtirok etish uchun milliy texnik tartibga solish me’yorlarini ularning talablariga moslashtirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish zarurligini aytgandi.
LiveBarchasi