O‘zbekiston-Eron o‘yini oldidan futbol muxlislari ogohlantirildi

Sport

image

Bugun, 10 oktyabr kuni O‘zbekiston va Eron terma jamoalari Jahon chempionati saralash bahslari doirasida o‘zaro kuch sinashadi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Toshkent shahar IIBB ushbu o‘yinni “Bunyodkor” stadionida tomosha qilish istagida bo‘lgan fuqarolardan jamoat tartibiga qat’iy rioya etish, muxlislik madaniyatiga amal qilishni so‘radi. 

Bildirilishicha, o‘yin kuni muxlislarning maydonga tushishi qat’iyan man etiladi. Avvalgi uchrashuvlardan birida OFK tomonidan belgilangan qoidalarni qo‘pol ravishda buzib, maydonga yugurib chiqqan va shu orqali tartibsizlik yuzaga keltirgan muxlislarga nisbatan huquq-tartibot organlari tomonidan ma’muriy hamda moddiy jazo qo‘llanilgan.

“Futboldan zavq olib, qoidalarni buzmay, stadionda faoliyat olib boradigan yuzlab insonlar mehnatini hurmat qilib, yuqori kayfiyatda uchrashuvga tashrif buyurishingizni so‘rab qolamiz”, deyiladi manba xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Eron Jahon chempionati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made