O‘zbekiston eng ko‘p oltin sotuvchiga aylandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Markaziy banki 2022 yilning noyabr oyida 2 tonna oltin sotgan. Bu haqda “Gold Hub” xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston regulyatorining oltin zaxiralari hajmi deyarli 2 tonnaga kamayib, 2022 yil dekabr oyi boshida 397 tonnani tashkil qilgan.

Shuningdek, eng ko‘p oltin sotuvchi Markaziy Osiyo davlatlari qatoridan Qozog‘iston ham joy olgan. 2022 yilning mos davrida Qozog‘iston oltin zaxiralarini 4 tonnaga qisqarib, 380 tonnani tashkil qilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining yalpi xalqaro zaxiralari o‘tgan yilning 1 noyabr holatiga ko‘ra, 32 mlrd 315,5 mln dollarni tashkil etgan. Bu o‘tgan oyga nisbatan 1 mlrd 180,6 mln dollarga kam ekanligi haqida xabar beilgan edi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

1

Reyting

3.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing