O‘zbekiston energetika sohasida yangi korxona ish boshlaydi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda Fransiya bilan hamkorlikda "Uzenergoengineering–Assystem" qo‘shma korxonasi tashkil qilinmoqda. 

Ta’kidlanishicha, ushbu qo‘shma korxona innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda barcha turdagi elektr tarmoqlari va energetik ob’ektlarini loyihalash bilan shug‘ullanadi. 

Bu haqdagi bitim kecha,  24 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida "Assystem Engineeringand Operation Services S.A.S." kompaniyasi (Fransiya) vakillari bilan uchrashuvda imzolandi.
 
Qo‘shma korxona Fransiyaning hamkor kompaniyasi va "O‘zenergoinjiniring" AJ bilan birgalikda tashkil etiladi va u O‘zbekiston Respublikasida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida faoliyat yuritadi.

"Uzenergoengineering–Assystem" qo‘shma korxonasining faoliyati barcha turdagi elektr tarmoqlari va energetik ob’ektlarini loyihalashda innovatsion texnologiyalar va zamonaviy fan yutuqlariga asoslanadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya O'zbekiston Energetika

Baholaganlar

28

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing