O‘zbekiston elchixonasi Rossiyada o‘zbeklardan batalon tuzmoqchi bo‘lganlarni qat’iy ogohlantirdi

Jamiyat

image

Avvalroq, Rossiyaning Perm shahridagi o‘zbek diasporasi rahbari vatandoshlarini rasmiy Moskvaga yordam berish uchun Ukrainadagi urushga jalb qilgani haqida xabar bergandik. 

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi munosabat bildirib, vatandoshlarni xorijiy davlatlar hududida ko‘ngilli batalonlar tuzish va/yoki harbiy harakatlarda ishtirok etishdan ogohlantirgan hamda bu harakatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilanganini eslatib o‘tgan. 

“Diplomatik vakolatxona ma’lum qiladiki, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154-moddasi “Yollanish”ga ko‘ra xorijiy davlat hududidagi qurolli mojarolarda yoki harbiy harakatlarda qonunga xilof ravishda qatnashish jinoyat hisoblanadi. Ushbu harakatlarni sodir etganlik uchun javobgarlik o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi.

Elchixona O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining yuqoridagi moddasida nazarda tutilgan qonunga xilof harakatlarni sodir etganligi to‘g‘risida xolis ma’lumotlar mavjud bo‘lgan barcha shaxslar istisnosiz jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ogohlantiradi”, deyiladi xabarda. 

Shuningdek, elchixona O‘zbekiston fuqarolarini da’vatlarga berilmaslik va ehtiyotkor bo‘lishga chaqirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

341

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing