O‘zbekiston elchixonasi Ahmad Qurbonov haqidagi ma’lumotlarni aniqlashtirmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi rus generalining O‘zbekiston fuqarosi tomonidan o‘ldirilishi bilan bog‘liq xabarlarga munosabat bildirib, gumonlanuvchi shaxs haqidagi ma’lumotni aniqlashtirayotganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasining Moskvadagi elchixonasi 2024 yil 17 dekabr kuni Moskvada sodir etilgan terakt ishi doirasida “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi” hibsga olingani haqidagi tarqalgan ma’lumotlarga e’tibor qaratgan.

“Diplomatik vakolatxona qabul qiluvchi davlat huquq-tartibot idoralari bilan aloqada bo‘lib, ushbu voqeani sodir etganlikda gumon qilingan shaxs haqidagi ma’lumotni aniqlashtirmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Moskva shahridagi portlashda mamlakat Qurolli kuchlarining Radiatsiya, kimyoviy va biologik himoya qo‘shinlari boshlig‘i general-leytenant Igor Kirillov halok bo‘lgandi. Kirillovning o‘limida gumon qilinib, o‘zbekistonlik 29 yoshli erkak ushlandi. Shuningdek, TASS Rossiya xavfsizlik kuchlari o‘zbekistonlik hamkasblariga Igor Kirillovning o‘ldirilishida gumon qilinayotgan shaxs haqida ma’lumot olish uchun murojaat qilgani haqida xabar berdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni tegishli so‘rovni olgach, Igor Kirillovni o‘ldirishda gumon qilinib, Rossiyada qo‘lga olingan fuqaro haqidagi ma’lumotlarni darhol Moskvaga yuborgan.  Manbaga ko‘ra, Kirillovni o‘ldirganlikda gumon qilinib, hibsga olingan O‘zbekiston fuqarosi Ahmad Qurbonov ismli shaxs bo‘lib, hozirda unga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston elchixonasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing