Misrda yurak xurujidan vafot etgan o‘zbekistonlik mamlakatga qaytarildi

3-sahifa

image

Misrda yurak xuruji oqibatida vafot etgan 38 yoshli O‘zbekiston fuqarosining jasadi mamlakatga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston elchixonasi fojia haqidagi xabarni olgandan so‘ng darhol Misrning tegishli organlari bilan aloqalar o‘rnatgan va barcha zarur hujjatlar tezda to‘ldirilgan.

Marhumning Misrdagi qarindoshlariga aviakompaniya bilan o‘zaro aloqalar va dafn marosimlari kabi tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam ko‘rsatilgan. 

Oilaning xohish-istaklariga muvofiq, B.A.ning jasadi milliy an’analarga muvofiq O‘zbekistonda dafn etish uchun olib kelingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Moskva shahrida ish joyida baxtsiz hodisaga uchragan O‘zbekiston fuqarosi ortga qaytarilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

o'zbekistonlik O'zbekiston elchixonasi qaytarildi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing