O‘zbekiston eksport geografiyasi 42 mamlakatga kengaydi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xorijiy mamlakatlar bilan erishilgan kelishuvlar ijrosi, yangi investitsiyaviy va ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazgani haqida xabar bergan edik.

Yig‘ilishda joriy yil yanvar-sentyabr oylarida eksport va investitsiya prognoz ko‘rsatkichlarining ijrosi holati hamda yil yakuni bo‘yicha ushbu yo‘nalishlarda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan choralar ham ko‘rib chiqildi.

Qayd etilishicha, to‘qqiz oylikda eksport hajmi qariyb 10 milliard AQSH dollarini tashkil etib, reja oshig‘i bilan bajarilgan. Eksport nomenklaturasi 74 ta yangi turdagi mahsulot, geografiyasi 42 mamlakatga kengaygan. O‘sish sur’ati asosan meva-sabzavotchilik, to‘qimachilik, avtomobilsozlik, energetika tarmoqlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Shu bilan birga, ayrim tashkilot va hududlarda rejalashtirilgan prognoz bajarilmagani ko‘rsatib o‘tildi. Shavkat Mirziyoyev yil yakuniga qadar bu boradagi qoloqlikni bartaraf etish, barcha tarmoqlar va hududlar bo‘yicha eksport prognozini bajarish yuzasidan topshiriqlar berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev eksport

Baholaganlar

13

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing