O‘zbekiston dzyudochilari Portugaliya Gran-prisining kuchli uchligidan o‘rin oldi

Sport

image

Portugaliyaning Almada shahri mezbonlik qilgan Gran-pri toifasiga kiruvchi dzyudo bahslari yakunlandi. E’tiborlisi, O‘zbekiston jamoasi turnirda 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Dunyoning 81 ta mamlakatidan 500 nafardan ortiq sportchi qatnashgan musobaqada o‘zbekistonlik Muhriddin Tilovov va Obidxon No‘monov o‘z vazn toifalarida chempionlikni qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston jamoasi jami 2 ta oltin medal bilan umumjamoa hisobida faqatgina Janubiy Koreya va mezbon – Portugaliyadan ortda qoldi.

O‘zbekiston vakillari umumjamoa hisobida Osiyo jamoalari orasida Qozog‘iston va Yaponiya kabi nomdor mamlakat sportchilaridan ham ustun keldi.

Parij Olimpiadasi uchun muhim reyting ballari o‘ynalgan Almada turnirida erishilgan natija evaziga o‘zbekistonlik dzyudochilar 700 reyting ochkosiga ham ega bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

dzyudo Portugaliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing