O‘zbekiston dunyoda eng ko‘p oltin sotgan davlat bo‘ldi
Jamiyat
−
07 yanvar 2022 21037 1 daqiqa
O‘zbekiston Markaziy banki 2021 yilning noyabr oyida dunyodagi boshqa moliyaviy regulyatorlardan ko‘proq oltin sotgan. Bu haqda Jahon Oltin Kengashining (World Gold Council — WGC) oylik hisobotida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, noyabr oyida jahon markaziy banklarining jami oltin zaxiralari 21,5 tonnaga kamaygan. Bu o‘tgan yilning boshidagiga nisbatan keskin pasayish hisoblanadi
Oltin O‘zbekistondan (21,5 tonna) tashqari Turkiya (7 tonna), Rossiya (3,1 tonna) va Qirg‘iziston (1,4 tonna) Markaziy banklari tomonidan ham faol sotilgan.
Biroq, bir nechta regulyatorlar oltin zaxiralarini ko‘paytirdi. Noyabr oyida qimmatbaho metallarning eng faol xaridorlari Qozog‘iston (4,3 tonna), Polsha (3,4 tonna) va Hindiston (2,8 tonna) Markaziy banklari bo‘ldi.
Davlat statistika qo‘mitasining xabar berishicha, 2021 yilning yanvar-noyabr oylaridagi oltin savdosi O‘zbekiston Markaziy bankiga 4,1 milliard dollar daromad keltirgan va ushbu summaning 40 foizdan ortig‘i noyabr oyiga to‘g‘ri keladi
Live
Barchasi