O‘zbekiston DXR va LXRni tan oladimi? So‘z Komilovga

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Ukraina sharqida joylashib olgan separatistlar nazoratidagi Donetsk va Lugansk xalq respublikalari mustaqilligini tan olmaydi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun, 17 mart kuni Oliy Majlis Senatining 24-yalpi majlisida aytib o‘tdi.

Vazirning qayd etishicha, Ukraina atrofidagi vaziyat O‘zbekistonda jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Rasmiy Toshkent vaziyatga tinch yo‘l bilan yechim topish va mojaroni siyosiy diplomatik vositalar yordamida hal qilish tarafdori. Buning uchun, birinchi navbatda, harbiy harakatlar, zo‘ravonliklar zudlik bilan to‘xtatilishi zarur.

“O‘zbekiston tarixan ham Rossiya Federatsiyasi bilan, ham Ukraina bilan an’anaviy ko‘p qirrali aloqalarga ega. Va biz har ikki mamlakatlar bilan o‘z milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettiramiz”, degan vazir Komilov.

U bugungi og‘ir kunlarda O‘zbekiston Ukrainaga gumanitar yordam ko‘rsatishini va hozirgi og‘ir vaziyatni inobatga olib gumanitar yordam yuborishda davom etishini qayd etgan.

O‘z navbatida, vazir O‘zbekiston Respublikasi Ukrainaning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini tan olishini hamda Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olmasligini urg‘ulagan.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulaziz Komilov

Baholaganlar

920

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing