Kurs UZS

USD

12 947.20

26.76

EUR

14 222.50

-30.04

RUB

153.38

-0.14

O‘zbekiston diplomlari Germaniyada tan olinishi mumkin

Jamiyat

image

Joriy 1 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Shohrux G‘ulomov Germaniyaning ta’lim va migratsiya sohasi mutaxassislaridan iborat delegatsiya bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, delegatsiya tarkibiga Germaniya hududiy savdo-sanoat palatalarining direktorlari, shuningdek, GP Günter Papenburg AG ta’sischi kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan investitsiya kompaniyalari rahbarlari kirgan.

Uchrashuvda bir qator istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik masalalari, shu jumladan:

O‘zbekiston yoshlarini ilg‘or texnologiyalarga o‘rgatish va keyinchalik ularni Germaniya korxonalariga ishga joylashtirishni nazarda tutuvchi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish;

Germaniyalik mutaxassislarga O‘zbekistonda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun imtiyozlar berish;

O‘zbekiston diplomlarining Germaniyada tan olinishi va O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari va kasb-hunar kollejlarining Germaniya ta’lim vazirligining ANABIN axborot bazasiga kiritilishi muhokama qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024 yil 15 sentyabr kuni Olaf Sholsning tashrifi chog‘ida Samarqand shahrida imzolangan O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi migratsiya sohasida sheriklik bo‘yicha bitim tasdiqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya O'zbekiston diplom

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing